Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA BOKS BO‘YICHA XOTIRA TURNIRI

Mamlakatimizda yoshlarning boks sport turiga bo‘lgan ommaviy qiziqishini inobatga olib, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) tizimini yana-da takomillashtirish, ular orasida sog‘lom raqobat va musobaqa muhitini yaratish, shuningdek, o‘zbek boksining dunyodagi yetakchiligini saqlab qolish va davom ettirish maqsadida muntazam ravishda musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyatining Baxt shahrida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tasarrufidagi o‘quv muassasalari o‘quvchilari hamda Toshkent shahridagi 22 va 23-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida sportning boks turi bo‘yicha “9 may – Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan turnir tashkil etildi.

Yuqori saviyada bo‘lib o‘tgan mazkur musobaqa boksning AIBA toifasi qoidalari bo‘yicha o‘tkazilib, unda turli vaznlarda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘zaro kuch sinashdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan mazkur bellashuvda uchinchi o‘rinni Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi va Toshkent "Temurbeklar maktabi" jamoalari qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni esa Toshkent shahar 23-sonli mehribonlik uyi jamoasi egalladi. Faxriy birinchilikka Toshkent shahar 22-sonli mehribonlik uyi jamoasi sazovor bo‘ldi. G‘oliblarga ko‘chma kubok, diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech