Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

BOLAJONLAR QUVONCHI - BIZNING BAXTIMIZ

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan Navoiy shahridagi “Mehribonlik uyi”da bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda tarbiyalanuvchilar 5 ta tashabbus doirasida tezkorlik, epchillik, mohirlik, topqirlik kabi qobiliyatlarini sport sohasida sinab ko‘rdilar.  Ayniqsa, xodimlarning ham bolajonlar bilan shaxmat bo‘yicha bellashganlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Tarbiyalanuvchilar orasida harbiy sohaga qiziqishi bo‘lgan yoshlar bundan juda mamnun bo‘lishdi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi shubhasiz ekanligi bilan bir qatorda, ularga vaqt ajratish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kasbga yo‘naltirishda ham muhim ahamiyatga ega.

-O‘ylaymanki, tarbiyalanuvchilar ichidan kelajakda yurt posbonlari va o‘z sohasining yetuk mutaxassislari yetishib chiqadi, -deydi podpolkovnik Sodiq Mansurov.

Darhaqiqat, bolalar bizning kelajagimiz. Ularning baxtu saodati uchun sharoit yaratib berish esa bizning oliy burchimizdir.

 

Text to speech