Bolajonlarga olam-olam quvonch ulashildi
Yil so‘ngida an’anaga ko‘ra Respublika bo‘ylab ota-ona qarovsiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan harbiy xizmatchi va xodimlarning bolalari uchun “Prezident archasi” tadbiri tashkil etib kelinmoqda. Xususan, kuni kecha Payariq tuman hokimligi tomonidan mehrga muhtoj bolajonlar uchun “Prezident archasi” bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Zafar Ergashev so‘zga chiqib, barchani kirib kelayotgan 2022 yil bilan tabrikladi hamda bolajonlarga “Prezident sovg‘a”larini topshirildi. Mazkur tadbirga ota-ona qarovsiz qolgan bolalar, tuman qo‘riqlash bo‘limida xizmat qilib, xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning farzandlari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari taklif etilib, bayram dasturxoni yozildi. Ular uchun tuman madaniyat bo‘limi tomonidan sahnalashtirilgan ertak tomoshasi namoyish etildi.