BOLAJONLARNING BO‘Sh VAQTLARI MAZMUNLI O‘TMOQDA
Bugungi kunda yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, uyushmagan yoshlarni hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish, ularning sifatli bilim olishlarini taʼminlash maqsadida mamlakatimizda bir qator islohotlar hayotga tatbiq etilmoqda. Shu o‘rinda Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari viloyat hududidagi bolalar dam olish oromgohlariga tashrif buyurib, bolajonlarning maroqli dam olishlarini taʼminlash maqsadida turli xil sport mashg‘ulotlarini o‘tkazib bormoqdalar.
Jumladan, Urganch shahrida joylashgan “Futbolchi” bolalar yozgi dam olish oromgohida harbiy xizmatchilar tomonidan ot sporti bo‘yicha to‘garak tashkil etilgan bo‘lib, bunda yoshlar sport seksiyalariga bo‘lingan holda mashg‘ulotlarni o‘tashsa, Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan esa sportning stol tennisi, shaxmat-shashka va boshqa turlari bo‘yicha musobaqalar sog‘lom raqobat ruhida o‘tkazib borilmoqda.
Bunday yuqori va ko‘tarinki ruxdagi mashg‘ulotlar respublikamizning barcha viloyatlarida o‘tkazib kelinmoqda.