BOLALAR O‘YI TARBIYALANUVCHILARI HOLIDAN XABAR OLINDI
Davlatimiz rahbari tomonidan 28 iyul' kuni videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan masalalar ijrosi yuzasidan, Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati Kitob tumanida joylashgan Mehribonlik o‘yiga tashrif buyurib, tarbiyalanayotgan bolalar holidan xabar olishdi.
Tashrif chog‘ida, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kun tartibi, ularning bo‘sh vaqtlari davomida shug‘ullanishlari uchun tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish bilan bir qatorda mehrga muhtoj bolalar holidan xabar olindi.
Ularning orzu-istaklari tinglanib, quvonch ko‘zlari quvnab turgan yoshlarga sovg‘a-salomlar ulashildi.