Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Bolajonlar “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida go‘zal va navqiron Samarqandga tashrif buyurdi.

Davlatimiz Rahbarining “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori ijrosini taʼminlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va xodimlari farzandlarining kuzgi taʼtil vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 13 noyabr kuni 50 nafar bolajonlar uchun Samarqand shahri bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Erta tongdan Samarqand shahri tomon yo‘l olgan bolalar avtobusi xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda o‘rnatilgan tartibda kuzatib borildi. Yo‘l-yo‘lakay sayohat ishtirokchilari madaniy hordiq chiqarishlari, foydali maʼlumotlarga ega bo‘lishlari uchun intellektual o‘yinlar tashkil etildi.

Samarqand turizm markazi – qadim zaminning ushbu zamonaviy maskani sayohat ishtirokchilarining dastlabki manzili bo‘ldi. Har qanday sayyohni qadimiy afsonalar olamiga, tarixiy obidalar dunyosiga olib kiradigan tom maʼnodagi noyob loyiha hisoblanuvchi markaz hududida qurilgan “Boqiy shahar” meʼmoriy ansambli bolajolarda katta taassurot qoldirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bolajonlar tashrif buyurgan boshqa maskanlar – “Registon” maydoni, “Hazrati xizr majmuasi”, “Go‘ri Amir maqbarasi” tarixiy yodgorliklari bo‘ylab sayohatdan bir olam yorqin xotiralar, ruhiy kuch va maʼnaviy ozuqa oldilar.

Text to speech