BROKONYERLAR QO‘LGA TUSHDI
Joriy yilning 17 fevral kuni Toshkent viloyatida kelib tushgan xabarga ko‘ra Milliy gvardiya hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda O‘rta Chirchiq tumani Toshkent dengizi hududida O‘zbekiston Respublikasi “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 34, 35, 36-moddalari talablarini buzgan 10 ta qonunbuzarlik holati aniqlangan.
Qo‘lga olingan huquqbuzarlardan jami 6 ta shundan 5 ta alyumin va 1 ta rezina qayiq, shuningdek jami 1 500 metrdan ortiq taqiqlangan leskali to‘r va jami 122 ta baliq tegishli tartibda olib qo‘yilgan. Ushbu shaxslar tomonidan tabiatga yetkazilgan zarar 24 500 000 so‘m miqdorida belgilanib, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.