Bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashabbusi bilan poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan “Botanika” bog‘ida madaniy-ma’rifiy, ijodiy va sport tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi.
Tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida bir guruh yoshlarning bandligi ta’minlangan bo‘lsa, ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”da ko‘plab muammoli masalalar o‘z yechimini topdi.