Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida sayyor hamda ommaviy qabullar tashkillashtirildi. Unda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, harbiy xizmatchilar va xodimlar hamda ularning oila aʼzolarining ijtimoiy jihattan qo‘llab-quvvaatlashga doir masalalar ko‘rib chiqildi.

Bugun 25 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar hamkorligida Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan Monomarkazda sayyor hamda ommaviy qabullar tashkillashtirildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari O.Xolboyev, Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari S.Mamayusupov, Mudofaa vazirining o‘rinbosari H.Qarshiyev, Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari X.Alibayev, IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni X.Botirovlar tashrif buyurgan 200 dan ortiq fuqarolar bilan ochiq muloqotda bo‘lib, mavjud muammolar hamda murojaatlarni tingladi.

Xususan, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.D.Mamayusupov tomonidan poytaxtimizda joylashgan Milliy gvardiya bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari, faxriylar, shuningdek, fuqarolarning turli yo‘nalishdagi murojaatlari tinglandi va mavjud muammoli masalalar masʼullar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Asosiy eʼtibor murojaatlarni o‘z vaqtida qonuniy hal etishga qaratilib, mutasaddilarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Qabulga ikki yuzdan ziyod fuqarolar, yoshlar shu jumladan, harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari va tizim faxriylari tashrif buyurdi.

Text to speech