Bugun mamlakatimizdagi barcha maktablarda “so‘nggi qo‘ng‘iroq”lar jaranglab, minglab yoshlarimiz katta hayotga yo‘llanma olmoqdalar.
Shu munosabat bilan respublikamiz bo‘ylab maktablarda tashkillashtirilgan tantanali tadbirlarda Milliy gvardiya, ichki ishlar va boshqa hamkor vazirliklar tomonidan jamoat tartibi hamda tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash choralari ko‘rildi.
Mehribon ustozlari va ota-onalarning duolarini olgan holda hayotda yuksak marralarni ko‘zlab turgan barcha bitiruvchilarimiz kelajakda Yangi O‘zbekistonimizni rivoji va taraqqiyoti uchun o‘zlarining munosib xissalarini qo‘shib, bor bilimi, iqtidori va kuch-g‘ayratlarini safarbar etishlariga ishonamiz.
Milliy gvardiya qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi nomidan Maktab taʼlimini muvaffaqiyatli tugatayotgan barcha o‘g‘il-qizlarimizga, oldida turgan masʼuliyatli va sharafli yo‘lda baxt va omad doimo yor bo‘lishini tilab qolamiz!