Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Buxoro viloyatida Milliy gvardiyaning Respublika bo’yicha mutaxassis-kinologlari bilan navbatdagi o’quv yig’ini bo’lib o’tdi va unda turli yo’nalishlar bo’yicha musobaqa tashkillashtirildi

Joriy yilning 9-13 iyul kunlari Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo’yicha boshqarmasi hududida Milliy gvardiyaning Respublika bo’yicha mutaxassis-kinologlari bilan navbatdagi o’quv yig’ini bo’lib o’tdi va unda “Mina qidiruv” yo’nalishi bo’yicha “Eng yaxshi kinolog” musobaqasi tashkillashtirildi.
Unda mutaxassis-kinologlar o’zlariga biriktirilgan 8 oylikdan 8 yoshgacha bo’lgan nemis va sharqiy yevropa ofcharkalari, labrador, Belgiya ofcharkasi (malinua) zotlariga mansub xizmat itlari bilan o’zaro ballashishdi.
Qiziqarli shartlardan iborat bellashuvlarda ishtirokchilar “Mina qidiruv” yo’nalishi to’rtta mashq bo’yicha bellashib, belgilangan qoidalarga ko‘ra: “To’siqlardan o’tish”; “Umumiy tayyorgarlik kursi bo’yicha” (o‘tir, tur, yonimga, yonimda, joyingda kabi imo-ishora va ovozli buyruqlar berish) mashqlar; “qurol yarog’ yoki portlovchi moddalarni qidirib topish yo’nalishi bo’yicha” mashqlar; “300 metrli masofaga to’siqlarni xizmat iti bilan o’tish mashqi” va “Dog biatloni – 1600 metr masofaga yakka tartibda qurol bilan yugurish” mashqlar vazifalarini yuqori aniqlikda bajarishdi.
Musobaqa mobaynida hakamlar tomonidan mutaxassis-kinologlarning jismoniy tayyorgarligi va kasbiy mahoratlari, shuningdek eng yaxshi kinologlar hamda lozim vazifalarni bajarish bo‘yicha xizmat itlarini tayyorgarlik darajasi baholab borildi.
Barcha harbiy qismlardan kelgan o’ttizga yaqin soha mutaxassislari sodiq doʻsti, jangovar hamrohi boʻlgan xizmat itlari bilan turli vazifalarni bajarish boʻyicha o’quv-yig’ini va musobaqa davomida bilim va koʻnikmalarini hamda kasbiy mahoratlarini oshirish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Xizmat itlarining portlovchi moddalar va qurol-yaroqlarni izlab topishda alohida xususiyatlari va imkoniyatlari yuqori ekanligi nayomon bo’ldi.
Shuningdek, ushbu musobaqaning “To’siqlardan o’tish” yo’nalishi bo’yicha normativlar Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo’yicha boshqarmasi hududida joylashgan xizmat itlari uchun mo’ljallangan pitomnikda (itlarni ko’paytirish va ularni mashg’ulotga o’gatiladigan joy) ilk bor o’tkazilib, bunda mutaxassis-kinologlar xizmat itlari bilan birgalikda yengil atletik bar’yer, taxtali devor, zinapoya, granata otish, emaklash okop va bumdan iborat to’siqlarni yengib o’tishdi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko’ra, birinchi o’rinni Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo’yicha boshqarmasi mutaxassis-kinologi qo’lga kiritdi, ikkinchi o’rinni Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo’yicha boshqarmasi mutaxassis-kinologi egallagan bo’lsa, uchinchi o’rin esa Milliy gvardiya Namangan viloyati bo’yicha boshqarmasi mutaxassis-kinologiga nasib etdi.
G’olib bo’lgan mutaxassis-kinologlar tashkilotchilar tomonidan kubok, medall, diplom va qimmatbaho sovg’alari bilan munosib taqdirlandilar.
Bu kabi o’quv-yig’inining o’tkazilishi Milliy gvardiya mutaxassis-kinologlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishda, ularning kasbiy mahoratini baholashda, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etishida, kinologlarni tanlashda, amaliy tajriba orttirishda va mazkur sohada yuqori natijalarga erishishida zamin yaratiladi.

Text to speech