Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Buxoro shahrida Sportning Kurash turi bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 17-19 sentyabr kunlari O‘zbekiston Kurash federatsiyasi bilan hamkorlikda Buxoro tumani “Madaniyat” sport majmuasida kurash bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi musobaqasi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Musobaqada Milliy gvardiya tizimlarida faoliyat yuritib kelayotgan 200 yaqin  harbiy xizmatchi va xodimlar jami 19 ta jamoalarda 7 ta vazn (60 kg, 66 kg, 73 kg, 81 kg, 90 kg, 100 kg, +100 kg) toifasida ishtirok etdi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuvlarda harbiy xizmatchilar mardonavor kurashib, o‘z jamoasi sharafini munosib himoya qilishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra 3-o‘rinni Milliy gvardiyaning 65921 harbiy qismi sportchilari qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin Milliy gvardiyaning Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga nasib etdi. Faxrli 1-o‘rinni Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi sportchilari egalladi.

Musobaqa g‘oliblarini munosib rag‘batlantirishga bag‘ishlangan tantanali tadbirda Sport vaziri o‘rinbosari Sh.Maxmudov   ishtirok etib barcha sportchi va ularning murabbiylariga shuningdek, muxlislik qilayotgan yosh sport ixlosmandlariga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. Tashkilotchilar tomonidan g‘olib va sovrindorlarga medallar,  diplom hamda musobaqa kubogi tantanali ravishda topshirildi. 

 

Text to speech