Buxoro viloyatida "Korrupsiyadan xoli jamiyat sari" mavzusida keng qamrovli tadbir bo‘lib o‘tdi.
Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan ushbu tadbirda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi faxriylar kengashi raisi,Harbiy prokuraturasi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, korrupsiyaning salbiy oqibatlarining amaliyotda namoyon bo‘lishi haqida nutq so‘zlashdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan taʼsirli va dolzarb bo‘lgan sahna ko‘rinishlari, mavzuga oid video-roliklar namoyish etildi.
Bu kabi tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi korrupsiyaga qarshi immunitet hosil qilishda ijobiy rol o‘ynaydi.