Buxoro viloyatida Milliy gvardiya va hamkor vazirliklar bilan birgalikda “Xavfsiz hudud” va “Xavfsiz tun” profilaktik tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari hamkorligida Buxoro shahri hududida kunduzgi hamda tungi vaqtlarda jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish, barvaqt oldini olish, fuqarolarning mol-mulklarini ishonchli muhofaza qilish maqsadida "Xavfsiz hudud" hamda “Xavfsiz tun” profilaktik tadbirlari tashkil etilmoqda.