Buxoro viloyatida ham "Men donorman" shiori ostida aksiya bo‘lib o‘tdi
Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan Buxoro viloyati qon quyish markazida "Men donorman"aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad, tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bolajonlarni qo‘llab-quvvatlash, harbiy xizmatchi va xodimlarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali murg‘ak qalblarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishdan iborat.
Taʼkidlash joizki, beg‘araz donorlik aksiyasida turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj bo‘lgan bemor bolajonlarga hayot bag‘ishlash va ularning sog‘ayib ketishlariga hissa qo‘shish kabi xayrli va savobli ishga bel bog‘lagan harbiy xizmatchi va xodimlarimiz ixtiyoriy ravishda qon topshirdilar.