BUYUK SАRKАRDАNING ShONLI TАRIXI
Qashqadaryo viloyatining Qoʼngʼirtogʼ etaklarida Milliy gvardiya va viloyat hokimligi tashabbusi bilan «Аmir Temur oʼgʼlonlari va Jaloliddin Manguberdi vorislari» viloyat hokimi sovrini uchun koʼrik-tanlov, xalq sayli va vatanparvarlik festivali tashkil etildi.
Unda harbiy xizmatchilar, hududdagi kuch tuzulmalar, korxona va tashkilot vakillari, sanʼat, madaniyat xodimlari, taʼlim maskanlari oʼquvchi yoshlari hamda koʼp sonli aholi vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda besh tashabbus doirasida «Eng kitobxon harbiy», «Eng mahoratli ijodkor», Maqom, Baxshichilik va dostonlik, Tasviriy sanʼat, Teatr sanʼati va aktyorlik mahorati yoʼnalishi hamda Chavandozlik mahorati boʼyicha koʼrik-tanlovlar oʼtkazildi.
Shuningdek, harbiy-texnika va qurol-aslahalarning koʼrgazmasi, harbiylarning qoʼl jangi boʼyicha chiqishlari namoyish etildi.
Gʼoliblikni qoʼlga kiritgan jamoalar diplom va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.