Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

BUVAYDA TUMANIDA ILK BOR “POLO” SPORT TURI BO‘YICHA MUSOBAQA TASHKILLANDI

Joriy yilning 13 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi va Bo‘vayda tumani qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida ot sportini rivojlantirish hamda yoshlarni ushbu sport turiga qiziqishlarini oshirish maqsadida, ot sportining “Polo” turi bo‘yicha Milliy gvardiya Qo‘riqlash bo‘linmalari sportchi-chavandozlari va tumanining uyushmagan yoshlari o‘rtasida tuman birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

Tadbirda Tuman hokimligi, IIB masʼul xodimlari, Uloq-ko‘pkari federatsiyasi rahbariyati, 120 nafar o‘quvchi yoshlar hamda 40 nafardan ortiq mahalliy ot ishqibozlari ishtirok etishdi.

Mohir chavandozlarning ot ustidagi harakatlari barcha yig‘ilganlarga birdek hush kayfiyat baxsh etdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, musobaqa g‘oliblari Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i va Buvayda tumani hokimining qimmatbaho sovg‘alari, Uloq-ko‘pkari federatsiyasining diplomlari va esdalik nishonlari bilan taqdirlandi.

Text to speech