BUXORO SHAHRIDA NAVBATDAGI TUNGI O‘G‘IRLIK
Joriy yilning 23 aprel kuni tungi vaqtda Milliy gvardiya Buxoro shahar qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘riqlanib kelinayotgan “Sitora” moshina bozori hududida shubhali shaxslar qo‘lga olindi.
Qo‘riqlash xodimlari tomonidan bozor hududida joylashgan va qo‘riqlov ostida bo‘lgan do‘konlarni tungi nazorati mobaynida savdo do‘konlarning biri ichkarisida 2 nafar shubhali shaxs yurganligi aniqlanib, ular qo‘lga olingan va voqea joyiga Buxoro shahar IIB tezkor guruhi chaqirilgan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv davomida ushbu nomaʼlum shaxslar Shofirkon tumanida yashovchi fuqarolar A.S. va R.O.lar savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirganligi, shuningdek 80 Q 685 NA raqamli “Matiz” rusumli avtomashinada ularni jinoiy sherigi bo‘lgan fuqaro X.M.ning ko‘chaning boshida kutib turganligi maʼlum bo‘lgan.
Xolislar ishtirokida avtomashina saloni ko‘zdan kechirilganda undan o‘tkir tig‘li pichoq va 5-dona telefon apparati borligi aniqlanib, barcha buyumlar rasmiylashtirib olingan va hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.