Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan mahorat darslari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida Respublikamiz viloyatlarida Milliy gvardiyaga biriktirilgan 56 ta maktabning harbiy-vatanparvarlik sinflarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari uchun poytaxtimizdagi “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyida tashkil etilgan o‘quv yig‘inining ikkinchi kuni ham bir qator o‘quv mashg‘ulotlari va ko‘rgazmali tadbirlarga boy bo‘ldi.

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari uchun Milliy gvardiya harbiy orkestri va faxriy qorovul batalyoni tomonidan musiqali va saf chiqishlari namoyish etildi.

Shuningdek, jangovar bo‘linmalar ham o‘zlarining turli noodatiy vaziyatlarda dushmanni yo‘q qilishga qaratilgan harakatlarini ko‘rgazmali tarzda ko‘rsatib berishdi.

Bundan tashqari ular topografiya fanidan mashg‘ulotlarda ishtirok etishib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishmoqda.

Albatta ushbu tashkil etilgan o‘quv yig‘ini chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari uchun malakasini oshirish, o‘zaro tajriba almashish imkonini yaratmoqda. Bu esa o‘z navbatida harbiy vatanparvarlik sinflarida o‘qiyotgan yoshlarni kelgusida muddatli harbiy xizmatga tayyorlashga va harbiylik sir asrorlarini o‘rgatishda natijasini beradi.

Text to speech