Chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan shaxs qo‘lga olindi.
Joriy yilning 9 noyabrdan 10 noyabrga o‘tar kechasi Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanining Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh hududida xizmat olib borayotgan Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamda Gvardiyachilar tomonidan chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan shaxs qo‘lga olindi.
Tekshiruv davomida ushbu shaxs Yuqori Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi 46 yoshli fuqaro T.S. ekanligi maʼlum bo‘ldi.
Fuqaro belgilangan tartibda ushlanib, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 223-moddasi (Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) bilan tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.