Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Chekka hududlarda istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimiz uchun Milliy gvardiya ko‘magida arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etildi

Yangi yil bayrami yaqinlashishi bilan barcha ushbu sanani to‘kin dasturxon atrofida kutib olish uchun munosib tayyorgarlik ko‘rishga harakat qiladi. Yigirma turdan ortiq kundalik zaruriy oziq-ovqatlar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirilgan savdo yarmarkalari bo‘lsa, fuqarolarimizga juda katta qulayliklar yaratdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi tashabbusi bilan harbiy xizmatchilar va xodimlar, shu bilan bir qatorda, tumanning chekka hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etilmoqda. Ayniqsa, yarmarkada go‘sht va baliq mahsulotlari, poliz ekinlari, meva sabzavotlar va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining hamyonbopligi barchaga maʼqul bo‘ldi.

Text to speech