CHEMPIONLAR ANIQLANDI
Joriy yilning 4-7 mart kunlari Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha 2006-2007 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar, 2000-2003 yillarda tug‘ilgan yoshlar va qizlar hamda professional sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqalari tashkil etildi.
Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan yosh va iqtidorli sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib bordilar. 2006-2007 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar (14-15 yosh) jami 11ta vazn toifasida (-36kg, -39kg, -42kg, -46kg, -50kg, -55kg, -60kg, -65kg, -70kg, -75kg, +75kg) bellashdilar.
2000-2003 yillarda tug‘ilgan yoshlar va qizlar esa 9tadan vazn toifasida o‘z kuchlarini sinab ko‘rishdi. Bellashuvda Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi Eldor Xudoyberdiyev +90 kg. vazn toifasida ishtirok etib, o‘z vazn toifasida O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.
Musobaqa yakunida barcha g‘olib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.