Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Chet davlatlariga ketgan oʻquvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan on-layn konferens aloqa shaklidagi uchrashuv bo’lib o’tdi

Mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularni kamol toptirish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada bir qator qarorlar ishlab chiqilib, undagi vazifalar amaliyotga joriy etilmoqda.
Prezidentimizning 2024-yil 5-fevraldagi tegishli qarori bilan, maktablarda Milliy gvardiya zimmasiga oʻquvchilarning davomatini yaxshilash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish kabi vazifalar yuklatildi. Hozirda mazkur topshiriqlarni ijrosini taʼminlash borasida manzilli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Milliy gvardiya Markaziy devonida Milliy gvardiya qoʻmondonligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi hamkorligida xorijga ota-onalari tomonidan olib chiqib ketilgan oʻquvchilarni taʼlim olishini taʼminlashga qaratilgan on-layn konferens aloqa shaklidagi yoshlar bilan uchrashuv ham yuqoridagi saʼy-harakatlarning mantiqiy davomidir desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Chet davlatiga ketgan oʻquvchi yoshlar tahlil qilinganda, hozirda 4 289 nafar maktab oʻquvchilari chet davlatlarida boʻlib, ularning 570 nafari maktab taʼlimiga jalb etilmagan. Shu sababli boʻlib oʻtgan mazkur onlayn videomuloqotda Rossiya, Turkiya, Xorvatiya, Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo davlatlaridan ishtirok etgan 150 nafardan ortiq maktab oʻquvchilari, ularning ota-onalari hamda uyushmagan yoshlar bilan hamkorlik oʻrnatib, ularni taʼlimga qaytish borasida suhbatlashildi.
Tadbir davomida muammoli masalalar bilan murojaat qilgan 31 nafar yoshlarning Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish va umumiy oʻrta taʼlimni davom ettirish toʻgʻrisidagi muammolarini qisqa muddatda hal etish yuzasidan kelishib olindi.

Text to speech