Chorsu bozorida o‘g‘rilikda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 2 iyundan 3 iyunga o‘tar kechasi soat taxminan 00.05 larda “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari Chorsu bozori hududida o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtida do‘konlardan birining oynasi singanini payqashgan.
Xodimlar do‘kon ichiga kirganda, xonada mast holatda bo‘lgan nomaʼlum shaxs borligi maʼlum bo‘lgan va o‘g‘irlikda gumonlanib qo‘lga olingan.
Dastlabki surishtiruv ishlarida gumonlanuvchi 33 yoshli fuqaro Z.Z. ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari Ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilmoqda.