Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Davlat rahbarining hududlarda aholining ijtimoiy muammolarini yechimi hamda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash yuzasidan bergan topshiriqlarining ijrosi   Samarqand viloyatida  Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev boshchiligidagi idoralararo ishchi guruh tomonidan o‘rganilib natijalari sarhisob qilindi

Mazkur yig‘ilish Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirokida va Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida hokimiyat binosida o‘tkazildi. Tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tgan ushbu video-selektor tarzidagi yig‘ilishda idoralararo ishchi guruh tarkibidagi mutasaddi rahbarlar, mahalliy Davlat organlari masʼullari shuningdek, sohaga oid tashkilot vakillari ishtirok etishdi.  

Yig‘ilishda viloyat aholisining elektr energiyasi, gaz hamda ichimlik suvi bilan taʼminlanish ahvoli va fuqarolarning ushbu tizimdan roziligi, isteʼmol bozorlaridagi narx-navo barqarorligi, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir mahallalarda beshlik yaʼni sektor rahbarlari, mahalla raislari, mahalladagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari tomonidan fuqarolarni qabul qilish va ularning muammolarini hal etish, shuningdek aholini tashvishga solayotgan dolzarb kundalik ijtimoiy-maishiy muammolarni yechimini topishda sektorlar faoliyatining samaradorligi, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, oilaviy tadbirkorlik, yoshlar va ayollarning tashabbuskor loyihalariga ko‘maklashish amaliyotiga oid masalalar muhokama qilindi.

 Ishchi guruh mutasaddi rahbarlarining har biri belgilab berilgan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha  amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berishdi.

Ishchi guruhlar tomonidan aniqlangan muammoli masalalar chuqur va tanqidiy tahlil qilinib, Tashkil etilgan tezkor shtabda ularni yechimi yuzasidan hamkorlikdagi yo‘l xaritasi ishlab chiqqan holda tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Text to speech