Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Sirdaryo viloyatidagi barcha umumtaʼlim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarining ota-onalari bilan,  viloyat hokimi A.Maxmudaliyev va Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev ishtirokidagi onlayn muloqat  uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Mazkur uchrashuv, maktablardagi taʼlim-tarbiya va davomat bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimini birgalikda hal qilish maqsadida tashkil etilib, unda viloyatdagi 314 ta maktablarda tahsil olayotgan yuqori sinf o‘quvchilarining ota-onalari  bilan, viloyat hokimi A.Maxmudaliyev va Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev  onlayn muloqat o‘tkazdi.

 Muloqot oldidan viloyat hokimi va Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan, davlatimiz rahbarining maktablardagi taʼlim-tarbiya va o‘quvchilarning davomati bo‘yicha tashvishga tushayotganligi behuda emasligi taʼkidlanib, joriy qilingan yangi tizim bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi. Bundan buyon Milliy gvardiya, maktab o‘quvchilari uchun ham ustoz, ham murabbiy, ham nazoratchi bo‘lishiga alohida urg‘u berildi.

Shundan so‘ng farzandlarimizni kelajagi va ularni jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun hamda bu yo‘ldagi mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan ota-onalar takliflari eshitildi. Xususan, Boyovut tumanidan ishtirok etgan ota-onalar nomidan, mavsumga qarab dars boshlanish vaqtlarini ko‘rib chiqilishi, Yangiyer shahridan ishtirok etgan ota-onalar nomidan, darslarda ota-onalarni navbatma navbat ishtirok etishlarini taʼminlanishi, Xovos tumanida joylashgan 20-maktabda chet-tili o‘qituvchisi yo‘qligi va fan to‘garaklari tashkil etish uchun xonalar yetishmasligi aytilib, shularni bartaraf etish uchun amaliy yordam ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi takliflar berildi.

Shuningdek, viloyat maktablarida o‘qigan rahbar xodimlarni o‘zlarini shu maktabga biriktirish, o‘quvchilarga esa o‘zlari o‘qiyotgan maktab va mahallasi tarixini bilishlari uchun  “maktab-oila -mahalla”  tarixining uzviy bog‘liqligi to‘g‘risidagi tushunchalarni singdirish orqali o‘z maktabiga, mahallasiga mehri va sadoqatini oshirish hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga  qaratilgan chora-tadbirlarni tizimli yo‘lga qo‘yish masalalari muxokama qilindi.

Turli xil fikr va mulohazalarga boy o‘tgan ochiq muloqot yakunida, viloyat hokimi, farzanlarini  taqdiriga befarq bo‘lmagan va muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarga xayrihohligini bildirgan ota-onalarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

  

 

 

 

Text to speech