Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Davlatimiz rahbari tomonidan, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va kasbga yo‘naltirish, shuningdek  tarbiyasi va o‘qishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilarni ota-onalari va mahalla faollari bilan birgalikda yechimini topish borasida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev boshchiligida manzilli ishlar olib borilmoqda

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev tomonidan Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 228-sonli maktabi va Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 13-maktabning o‘qituvchi murabbiylari, inspektor-psixologlari, hududiy mahalla raislari hamda sohaga oid mutasaddi rahbarlar ishtirokidagi uchrashuvda muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida o‘tgan hafta yakuni bo‘yicha maktab o‘quvchilarining ayniqsa yuqori sinf o‘quvchilari davomati bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinib, elektron platformaga kiritilgan davomat maʼlumotlari bilan sinflardagi real davomat o‘rtasida  tafovutga yo‘l qo‘yilmasligi hamda bu kabi holatlarning salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, surunkali ravishda darsga kelmaydigan, tarbiyasi va o‘qishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilar, Milliy gvardiyadan biriktirilgan hodimlar hamda inspektor-psixologlar tomonidan o‘rganilib “Maktab – ota-ona – mahalla” zanjiri asosida, ota-onalar va mahalla faollarini masʼuliyatini oshirish bo‘yicha keskin choralar ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilab berildi. O‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va kasbga yo‘naltirish borasida esa maktab bazasida fan va sport to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha sohaga oid mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Har ikkala maktab direktorlari S.Samigova va D.Raxmatullayevalar Davlatimiz rahbari tomonidan o‘quvchi yoshlarning taʼlim-tarbiyasi va davomatiga qaratilgan eʼtiborlari va Milliy gvardiyaning maktablarga biriktirilishi qisqa vaqt ichida o‘zining ijobiy taʼsirini ko‘rsata boshlaganini mamnuniyat bilan taʼkidlashdi. Shuningdek, maktab direktori va o‘qituvchilari endilikda davomat bilan emas, faqat taʼlim-tarbiya bilan shug‘ullanishlari to‘g‘risidagi talablar, ularning yelkalaridagi og‘ir yukni olib tashlash bilan birga, o‘z o‘rnida katta masʼuliyat yuklashini  xis qilayotganliklarini bildirishdi.

Text to speech