DASHTBOG‘DA "YОSHLAR FESTIVALI" TADBIRI KO‘TARINKI RUHDA BO‘LIB O‘TDI.
Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan barcha sohalar qatori yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga ham katta eʼtibor berilmoqda.
Bugun Namangan shahridagi Dashtbog‘ mahalla fuqarolar yig‘ini hududida "Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash" yo‘lida Davlat dasturiga muvofiq "Yoshlar festivali" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda besh ming qadam va 5 muhim tashabbus bo‘yicha, sanʼat, madaniyat, kitobxonlik va sport yo‘nalishlarida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarning chiqishlari, Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlarining kamondan otish mahorat darslari hamda hunarmandlar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali yarmarka bo‘lib o‘tdi.
"Yoshlar festivali" bayram tadbirini viloyat hokimining o‘rinbosari Murodxo‘djayev G‘ulomjon Sobitxo‘jayevich ochib berdi.
Bayram tadbirida Namangan shahar Madaniyat bo‘limi ijodkorlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.