Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

Davlatimiz rahbarining “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilib joriy yilning 3 yanvar kuni “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi muhim va tarixiy qaror imzolandi.

 Topshiriqqa asosan qarorning ijrosini tashkil etish bo‘yicha Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev boshchiligidagi ishchi guruh  Buxoro viloyatida o‘z faoliyatini boshladi.

 Buxoro viloyati bo‘yicha Milliy gvardiyaning Qo‘riqlash boshqarmasida hamkor vazirlik va tashkilotlar masʼullari hamda Viloyat hokimi B.Zaripov ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev tomonidan mazkur Qarorning mazmun mohiyati yetkazilgan holda, ishchi guruhning asosiy maqsadi va faoliyati doirasidagi vazifalar bilan tanishtirildi. O‘z navbatida viloyat hokimi ham Davlatimiz rahbarining topshiriqlari ijrosini taʼminlanishi yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

 Shuningdek, Qaror talablaridan kelib chiqib, viloyatning har bir tuman va mahallalariga Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari, prokuratura, hokimiyat hamda aloqador tashkilotlarning masʼullari biriktirildi.

 Shundan so‘ng Milliy gvardiya qo‘mondoni boshchiligidagi ishchi guruhning manzilli ishlari Buxoro va Kogon shaharlari, shuningdek Buxoro tumanlarida davom ettirildi.   

Mahalla yettiligi va sektor rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda, Qarorning mazmun mohiyati tushuntirilib, o‘tgan yilda jinoyat sodir etilgan har bir mahallarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, mahallalar kesimida manzilli chora-tadbirlar belgilangan holda mahalla-tuman-viloyat darajasida uning ijrosi uchun bevosita masʼul rahbarlarni biriktirish va aniq sohaviy javobgarlikni yuklash, ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida joylarga chiqqan holda maqsadli o‘rganishlarni o‘tkazish orqali huquqbuzarliklarga sabab bo‘layotgan asl omillarni aniqlash va barham berish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralarni ko‘rish, mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda “mahalla yettiligi” har bir vakilining aniq masʼuliyatini belgilandi.

Shuningdek, Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor maqsadlarga erishish, O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosini taʼminlash bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi.

 

Text to speech