Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy sohalar yo‘nalishida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosi, Milliy gvardiya qo‘mondoni nazorati ostidagi ishchi guruhlarning manzilli ishlari Namangan hamda Andijon viloyatlarida olib borilmoqda

Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov Namangan viloyatida bo‘lib, maktab – ota - ona - mahalla hamkorligida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Unda, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maktablarda o‘quvchi va pedagoglarni xavfsizligini taʼminlash borasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikdagi ishlar hamda yangi qorovullik xizmati faoliyatini yana-da takomillashtirish, shuningdek sport federatsiyalarni jalb qilgan holda o‘quvchilarni sport to‘garaklarida ishtirokini taʼminlash orqali ular o‘rtasida huquqbuzarki va jinoyatchilikni oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish borasida tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, Prezidentimizning 5-fevral kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishidagi topshiriqlari va tegishli Qarorlar ijrosini to‘laqonli taʼminlash uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar borasida seminar-trening o‘tkazdi.

Shuningdek, Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasidagi 157 nafar inspektor-psixologlar Milliy gvardiya saflariga qabul qilinganliklari bo‘yicha “Milliy gvardiya qasamyodi”ni qabul qilishdi. 9 nafar inspektor-psixologlarga navbatdagi maxsus unvonlar berildi.

Shu kabi manzilli ishlar Andijon viloyatida ham davom ettirilmoqda. Xususan ishchi guruh tomonidan Andijon shahridagi 21. 49 hamda 14-umumiy o‘rta taʼlim maktablarida joriy qilingan yangi tizim doirasidagi hamkorlikdagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Ushbu maktab maʼmuriyati mahalla yettiligi hamda psixolog inspektorlari bilan suhbat uchrashuv o‘tkazildi. Unda o‘quvchilarning xavfsizligi, dars mashg‘ulotlariga qatnashish davomati, muntazam ravishda darslarni qoldirayotgan o‘quvchilar hamda tarbiyasi og‘ir o‘quvchilarning ota onalari va mahalla faollari bilan birgalikda ushbu masalalarga yechim topish borasida vazifalar belgilab olindi.

Text to speech