Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

DAVLAT GERBI-MUSTAQILLIK TIMSOLI

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi shaxsiy tarkibi, harbiy xizmatchilari va ularning farzandlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kunning

29 yilligi munosabati bilan “DAVLAT GERBI - MUSTAQILLIK TIMSOLI!” mavzusi ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi aʼzosi, siyosiy fanlar nomzodi Karimov To‘lqinjon Fayziyevich, Toshkent davlat yuridik universiteti davlat va huquq nazariyasi kafedrasi mudiri yuridik fanlar nomzodi Muratayev Serikbek Alpamisovich, Muqumiy nomidagi O‘zbekiston Davlat musiqali teatri direktor o‘rinbosari va teatr aktyori Inog‘omov Xayrulla Qayumovich hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Toshkent shahar Yashnobod tuman hokimi o‘rinbosari, shuhrat medali sohibi, shoira Bekmurodova Ozoda Xudayberdiyevnalar ishtirok etdi.

Ayniqsa, so‘z olgan mehmonlar tomonidan gerbning yaralish tarixi, konstitutsiyada belgilangan vazifasi va yoshlar uchun tarbiyaviy ahamiyati to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tib, bu milliy ramzimiz Gerb nima va qayerda o‘rnatilishi, uning maqsadi va vazifalari haqida ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, Aktyor Xayrulla Inog‘omov va shoira Ozoda Bekmurodova el sevgan ijodkorlarimiz o‘z ijod namunalaridan Vatan, davlat ramzlari va ezgulikni targ‘ib qiluvchi sheʼr va dialoglar o‘qib berishdi. Ona-Vatanni taʼriflashdan maqsad, avvalo, har bir yosh qalbida shu yurtga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘usini mustahkamlashdi.

Shu bilan birga, tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish va vatanparvarlik hissini shakllantirish maqsadida “GERBIM- FAXRIM” mavzusidagi rasm chizish tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilarda o‘z ona Vatanidan g‘ururlanish tuyg‘usini yana-da yuksaltirish va ular qalbida shu yurt, shu vatan farzandi ekanligidan iftixor hissini oshirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdir.

Text to speech