Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

Davlat mukofotlari o‘z egalariga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 33 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator harbiy xizmatchi va xodimlar yuksak Davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ushbu mukofotlarni vazirlik va idoralarda tantanali topshirish marosimlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Milliy gvardiya tizimlarida o‘z burchiga sadoqat va namunali xizmat qilib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlarni, xizmat vaqtida mardlik ko‘rsatib halok bo‘lgan safdoshlarimizning yaqinlarini munosib taqdirlash maqsadida tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan barcha tizim faxriylari, harbiy xizmatchi va xodimlarni “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bayram bilan samimiy muborakbod etib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Milliy gvardiya inson huquqlari va manfaatlarining chinakam himoyachisi, jamiyat va davlat xavfsizligining ishonchli posboni sifatida chin maʼnoda xalqimiz faxriga aylanganini eʼtirof etildi.

Qolaversa, yangi 2025 yilda bo‘linmalarning jangovar shayligini yuqori darajada ushlab turish, jamoat tartibini saqlash, jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulkini ishonchli qo‘riqlash, yuksak salohiyatli harbiy kadrlarni tayyorlash hamda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarni jadallashtirish lozimligi taʼkidlandi.

Tadbir davomida Davlatimiz rahbari Farmoni bilan Milliy gvardiya tizimida xizmat olib borayotgan 9 nafar harbiy xizmatchi va xodimlarga “Do‘stlik” ordeni, “Jasorat”, “Sog‘lom turmush”, “Sodiq xizmatlari uchun” va “Shuhrat” medallari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘i bilan safdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan va “Burch, Sadoqat, Jasorat” shiori ostida xizmat burchiga masʼuliyat bilan yondashayotgan bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlar ko‘krak nishonlari, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan munosib taqdirlandilar.

Shundan so‘ng Milliy gvardiya qo‘mondoni va o‘rinbosarlari, faxriylar hamda taqdirlangan shaxsiy tarkib orkestr sadosi ostida xizmat vazifasini bajarish chog‘ida jasorat ko‘rsatib, qahramonlarcha halok bo‘lgan safdoshlarimiz nomlari bitilgan “Xotira maydoniga” gul qo‘yishdi.

 

 

Text to speech