Davlat bayrog‘i-g‘ururimiz va faxrimiz” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasida 18 noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Davlat bayrog‘i-g‘ururimiz va faxrimiz” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir davomida harbiy xizmatchilar bayroqning tashkil topishi, uning yaratilish tarixi, davlat hamda jamiyatdagi o‘rni to‘g‘risidagi bilimlarini yana-da mustahkamlab, u g‘urur va faxrimiz timsoli, vatanimizning beqiyos ramzi ekanligini anglagan holda, o‘z fikrlarini ifodalab berishdi.