Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan maktabdagi taʼlim-tarbiya yo‘nalishidagi ustuvor vazifalar yuzasidan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Milliy gvardiya hamkorligida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi  

Mazkur uchrashuvda, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev,   Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.Umarova hamda sohaga oid mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan davra suhbati mobaynida o‘quvchilarning darslardagi davomati bilan bog‘liq mavjud muammolar hamda ularning yechimi muhokama qilinib, dastlabki o‘rganishlar nitajasida elektron platformaga kiritilgan davomat maʼlumotlari bilan sinflardagi real davomat o‘rtasida namoyon bo‘layotgan tafovutlarni ham o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan alohida vazifalar belgilandi.

Shuningdek  o‘quvchilarni  vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ularda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet” yaratish borasidagi hamkorlikdagi chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.

  Uchrashuvda, Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar yodga olinib,  ota-onalar va mahalla raislarining bu boradagi masʼuliyatini oshirishga hamda “Maktab – ota-ona – mahalla” zanjiri asosida elektron muloqot platformasini ishga tushirish borasidagi masalalar belgilab olindi.

 Bu borada, maktab taʼlimi bo‘yicha ota-onada masʼuliyat, o‘qituvchida majburiyat, o‘quvchida ishonch, taʼlim va tarbiyada sifat, mahallada esa nazorat bo‘lishi uchun yangicha tizim yaratilishi va hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar  muxokama qilindi.

 Xususan, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va kasbga yo‘naltirish, tarbiyasi va o‘qishida muammo bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalari va mahalla faollari bilan birga ishlab, mavjud muammolarni keng jamoatchilik vakillari bilan yechishga qaratilgan aniq choralarni ko‘rish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, maktablarda faoliyat yuritib kelgan inspektor-psixolog shtatlarini Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazilganligi munosabati bilan ularning xizmat vazifalarini to‘laqonli bajarishini taʼminlashga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlar bo‘yicha soxaga oid mutasaddi rahbarlarga tegishliligi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Text to speech