Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha navbatdagi o‘quv yig‘ini bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining davlat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda qo‘yilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan bugungi kunda Qurolli Kuchlar jangovar xizmat faoliyatida uchuvchisiz uchish apparatlaridan (UUA) samarali foydalanish bo‘yicha keng miqyosli ishlar olib borilmoqda.
Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha vazifalarni bajarish jarayonlariga UUAdan keng foydalanishni joriy etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar aniq belgilab berilgan.
Bugungi kunda belgilangan vazifalarning muvaffaqiyatli ijrosini ta’minlash maqsadida, Universitetning Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetida tashkil etilgan tegishli o‘quv kurslari, UUA mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha o‘z faoliyatini samarali amalga oshirmoqda.
Tinglovchilar yig‘in davomida jangovar xizmat vazifalarini bajarish jarayonida uchuvchisiz uchish apparatlarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
O‘quvlarning so‘nggi bosqichida, tinglovchilar bilan yakuniy imtihonlar tashkillashtirilib, bitiruvchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.