Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining jismoniy tayyorgarligini yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan Milliy gvardiya tizimida o‘tkazilgan “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan harbiy xizmatchilar munosib taqdirlandilar.

Prezidentimizning 2021 yil 10 dekabr kunidagi “O‘zbekiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining jismoniy tayyorgarligini yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-40-sonli qaroriga asosan har yili Qurolli kuchlar kuch tuzilmalarida 15-30 sentyabr kunlari  “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Oldin xabar qilganimizdek,  Milliy gvardiya bo‘linmalarida shartnoma asosida xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchilar o‘rtasida ham ushbu “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlari Jizzax viloyati Forish tog‘-dala o‘quv poligonida tashkillashtirildi.

Unda tizimdagi 110 nafar harbiy xizmatchilar ishtirok etib,  barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 64 nafari   "Dovyurak jangchi" farqlovchi nishoniga loyiq deb topildi.

Mazkur Qarorga asosan taʼsis etilgan "Dovyurak jangchi" farqlovchi nishoni bugun Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev tomonidan o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni  tomonidan, davlatimiz rahbarining Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlari samarasida   mamlakatimiz tinchligi,  xalqimiz osoyishtaligi va xavfsizligi munosib himoya qilishga tayyor bo‘lgan qo‘shin turlari shakllantirilgani, shuningdek  harbiy xizmatchilarning yuqori jismoniy va professional tayyorgarligiga alohida eʼtibor qaratilib, harbiy xizmatchilarda o‘zaro sog‘lom raqobatni mustahkamlashga qaratilgan tizim yaratilganligi taʼkidlandi.

Harbiy anʼanalarni shakllantirish, doimiy yuqori jangovar shaylikni saqlash, harbiy xizmatchilarda o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch hisini tarbiyalash, ularda qatʼiy iroda va ruhiy barqarorlik kabi sifatlarni rivojlantirishga, ekstremal sharoitlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishga hamda ularning turli sharoitlarda jangovar harakatlarni olib borish imkoniyatlarini kengaytirishga zamin yaratishi aytilib, «Dovyurak jangchi» nishoni sohibi bo‘lgan harbiy xizmatchilarimiz, ushbu nishonning or-nomusini saqlab o‘z professional tayyorgarligini yana-da yuksaltirib borishlariga ishonch bildirildi.

 

Text to speech