Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Davlatimiz rahbarining "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga binoan mahalla yoshlari yetakchisi lavozimida o‘z faoliyatini yuritib kelayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarga oid davlat siyosatini yuritish, yoshlarni muammo va takliflarini ijobiy hal etish hamda ularga yetarli shart-sharoitlar yaratib berish bo‘yicha hamkorlikdagi tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu masalalar yuzasidan Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov raisligida respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya tizimidan mahalladagi yoshlar yetakchisi lavozimiga safarbar etilgan 36 nafar harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda mahalladagi yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari, ularga beriladigan imtiyozlar hamda rag‘batlantirishlar bo‘yicha maʼlumotlar yetkazildi.
Qaror bilan namuna bo‘layotgan Yetakchilar "Yangi O‘zbekiston islohotchisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi alohida taʼkidlab o‘tildi.
Shuningdek, bugungi kunda o‘z faoliyatini mahalla yoshlari yetakchisi lavozimida davom ettirib kelayotgan harbiy xizmatchi(xodim)lar doimo Milliy gvardiya qo‘mondonligi eʼtiborida bo‘lishi tushuntirib o‘tildi. Yig‘ilish yakunida barcha yoshlar yetakchilariga masʼuliyatli va sharafli xizmatlari mobaynida kuch-quvvat, metin iroda, mustahkam sog‘lik va ulkan zafarlar tilab, hamkorlikdagi ishlarni yuqori bosqichga olib chiqishlariga tavsiyalar berildi.

Text to speech