Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya, FVV va IIO bo‘linmalari hamkorligidagi taktik o‘quv mashg‘ulotlar davom ettirilmoqda

Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Sh.Rashidov tumanidagi " Energy " bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yoz mavsumida bolalar vaqtini sermazmun o‘tkazish hamda favqulodda vaziyatlarga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi. Yozgi ta’tilda sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oluvchi bolalarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, zilzila va yong‘in bo‘lganda muhofazalanish qoidalari to‘g‘risida tushunchalar berildi. Favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. - Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida 15-maydan 25-sentyabrga qadar "Suvda cho‘milish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish oyligi" deb e’lon qilingan.Oylik doirasida fuqarolarni suvda cho‘kishi bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish, cho‘milish havzalarida xavfsizlikni ta’minlash mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. "Eski yer" suv omborida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminar suvda cho‘kayotgan odamni qutqarish hamda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar ko‘rsatildi. Tadbirda, tuman Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar bo‘limi vakillari, tibbiyot birlashmasi shifokorlari hamda "Eski yer" suv ombori ishchi-xizmatchilari ishtirok etdilar. Bu kabi profilaktik tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda.

Text to speech