Mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor Bobby Ginn boshchiligidagi delegatsiya bugun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida bo‘ldi.
Delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-polkovnik B. Tashmatov bilan uchrashib, ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan o’zaro anglashinuv memorandumi imzolandi