DIQQAT! Fuqarolarni Milliy gvardiya tarkibiy bo‘linmalariga xizmatga qabul qilish yuzasidan E’LON!
Milliy gvardiyaga maxsus unvonli xodim lavozimlariga xizmatga fuqarolar orasidan tanlov tadbirlarida suhbat o‘tkazish uchun jangovar va maxsus tayyorgarlik hamda ma’naviy ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha
SAVOLLAR
JANGOVAR VA MAXSUS TAYYORGARLIK BO‘YICHA
- Harbiy xizmat nima?
Harbiy xizmat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish va harbiy xizmatni o‘tash borasidagi davlat xizmatining alohida turi.
- Ichki tartib nima?
Ichki tartib bu harbiy qismda (muassasada) harbiy xizmatchilar kundalik hayoti va faoliyatini tashkil etish, amalga oshirish va ta’minlashning harbiy nizomlar bilan belgilangan qoidalari.
- Buyruq nima?
Buyruq bu komandir (boshliq) tomonidan o‘z xizmat va lavozim vakolatlari doirasida berilgan farmoyish yoki boshqaruv hujjati bo‘lib, muayyan harakatlar majburiy tarzda bajarilishini, u yoki bu qoidalarga amal qilinishini talab qiladi yoxud qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq tartib yoki qoidalarni belgilaydi.
- Harbiy intizom nima?
Harbiy intizom bu barcha harbiy xizmatchilarning qonunchilik hujjatlari, harbiy nizomlar va komandirlarning (boshliqlarning) buyruqlari bilan belgilangan tartib va qoidalarga qat’iy hamda aniq rioya etishidir.
- Harbiy intizom nimaga asoslanadi?
Harbiy intizom har bir harbiy xizmatchining O‘zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishga shaxsan javobgarligini, o‘z xalqiga nisbatan cheksiz sadoqatini, harbiy va fuqarolik burchini his qilishiga asoslanadi.
- Rag‘batlantirish bu nima?
Rag‘batlantirish harbiy intizomni mustahkamlash va harbiy xizmatchilarni tarbiyalashning muhim vositasi hisoblanadi.
- Qorovul deb nimaga aytiladi?
Harbiy va davlat ob’ektlarini qo‘riqlash va mudofaa qilish bo‘yicha jangovar vazifani bajarish uchun mo‘ljallangan, shuningdek, gauptvaxta va intizomiy qismda saqlanayotgan harbiy xizmatchilarni qo‘riqlayotgan qurollangan bo‘linma qorovul deb ataladi.
- Soqchi deb nimaga aytiladi?
O‘ziga topshirilgan postni qo‘riqlash va mudofaa qilish bo‘yicha jangovar vazifani bajaruvchi qurollangan qorovul soqchi deb ataladi.
- Saf nima?
Harbiy xizmatchilar, boʻlinma va harbiy qismlarning piyoda hamda mashinalarda birgalikda yurish uchun mazkur Nizomda belgilangan tartibda joylashuvi.
- Harbiy xizmatchilarning saflanishdan oldin va safdagi majburiyatlariga nimalar kiradi?
Kiyimni tartib bilan kiyib, qurol-yarog‘i, shaxsiy himoya vositalari va asbob-anjomlarni o‘ziga moslab taqish, safdoshida ko‘rgan kamchiliklarni bartaraf etishga yordam berish.
- Sherenga deb nimaga aytiladi?
Harbiy xizmatchilar bir chiziqda, belgilangan intervalni saqlagan holda yonma-yon turgan safga sherenga deb aytiladi.
- Kolonna deb nimaga aytiladi?
Harbiy xizmatchilar va boʻlinmalar (mashinalar)ning bir-birini ortida, Nizomda belgilangan yoki komandir tomonidan belgilangan distansiyani saqlagan holda joylashuviga kolonna deb aytiladi.
- 13. Jang nima?
Jang bu-urishayotgan tomonlar, birlashma qism va bo‘linmalarning maqsadi, joyi va vaqti bo‘yicha kelishilgan qurolli to‘qnashuvi.
- 14. Hujum nima?
Dushman kuchlarini tor-mor qilish va muhim marralarni egallash maqsadida tashkil etiladigan jarayon.
- 15. Mudofaa nima?
Dushman hujumini qaytarish, unga zarar yetkazish va qarshi hujumga o‘tishga sharoit yaratish maqsadida maqsadli yoki majburiy tarzda tashkil etiladigan jarayon.
- 16. Umumqo‘shin jangning asosiy turlarini ayting?
Mudofaa va Hujum.
- 17. Har bir askarning mudofaadagi asosiy vazifasi nima?
Dushmanni o‘z pozitsiyasiga qo‘ymaslik.
- Otish deb nimaga aytiladi?
Porox gazlari energiyasi ta’sirida o‘qni stvol kanalidan chiqarib tashlashga - otish deb ataladi.
- O‘qning boshlang‘ich tezligi deb nimaga aytiladi?
O‘qning stvol kanalini tark etayotgandagi tezligi- o‘qning boshlang‘ich tezligi deb aytiladi
- O‘qning trayektoriyasi deb nimaga aytiladi?
Otilgan o‘qning og‘irlik markazi havoda chizadigan egri chiziq – trayektoriya deb aytiladi
- AK-74 Kalashnikov avtomatining aniq otish uzoqligi qancha?
1000 metr.
- AK-74 Kalashnikov avtomatining otish sur’ati (otish/daq) qancha?
600 o/d.
- RPK-74 Kalashnikov qo‘l pulemyotining o‘qdon hajmi qancha?
45 patron.
- AKM avtomati stvolining uzunligi qancha?
415 mm.
- AKM avtomati patronining og‘irligi qancha?
16,2 gr.
- 26. AK 74 avtomati patronining og‘irligi qancha?
10,2 gr.
- 27. PM pistoletining to‘liq og‘irligi qancha?
810 gr.
- 28. PM pistoletining mo‘ljalga olib otish uzoqligi qancha?
50 m.
- 29. PM pistoletining talafot yetkazish uzoqligi qancha?
350 m.
- 30. F–1 qo‘l granatasining og‘irligi qancha?
600 gr.
- 31. RGD–5 qo‘l granatasining og‘irligi qancha?
310 gr.
- PR-73 maxsus rezina tayoqchasining og‘irligi qancha?
0,73 kg.
- 33. Katta sapyor belkuragining (BSL) uzunligi qancha?
110 sm.
- 34. Kichik pexota belkuragining (MPL) uzunligi qancha?
50 sm.
- 35. Avtomatdan yotib otish uchun okopning uzunligi qancha?
170 sm.
- 36. Piyodalarga qarshi minalar talafot yetkazishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
Fugasli, oskolkali, ishlash prinsipiga ko‘ra bosiladigan va tortiladigan turlariga.
- 37. Yadro qurolining tasiri nimaga asoslangan?
yadro reaksiyasi, ya’ni parchalanish-sintez yoki bu ikkalasining baravar roy berishi natijasida yadro ichidan ajralib chiqadigan energiyadan foydalanishga asoslangan.
- 38. Yadroviy portlash turlarini sanab bering?
Portlash markazining joylashishiga qarab havoda portlash, yerda portlash, yer ostida portlash, suv ustida portlash va suv ostida portlashlarga bo‘linadi.
- 39. Yadroviy qurolning shikastlovchi omillarini sanab bering?
Portlash to‘lqini yoki zarba to‘lqini, yorug֥‘lik nurlanishi, o‘tuvchan radiatsiya, joylarning radioaktiv moddalardan zararlanishi, elektromagnit impulsi.
- Yadro quroli quvvati nimada o‘lchanadi?
Trotil ekvivalentida.
- Zaharlovchi moddalarni shikastlash tasiriga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?
nervni shikastlaydigan, terini yiringlatadigan, bo‘g‘uvchi, umumiy zaharlaydigan, psixo-kimyoviy, ta’sirlantiruvchi zaharlovchi moddalar guruhiga bo‘linadi.
- 45. Umumqo‘shin himoya to‘plami tarkibiga nimalar kiradi?
Himoya plashi, himoya paypoqlari, himoya qo‘lqoplari.
- 46. L-1 kostyumi tarkibiga nimalar kiradi?
Himoya paypoqli kombinezon, kurtka, himoya qo‘lqoplari, podshlemnik.
- 47. Respirator nima?
Shaxsiy himoya vositasi.
- 48. Zaharlovchi moddalar odam organizmiga qanday yo‘llar orqali tushadi?
Nafas olish a’zolari, oshqozon-ichak yo‘li, teri qatlamlari, ko‘z shilliq pardalari va yara orqali.
- 49. Zaharlovchi modda qo‘llanilganda qanday buyruq beriladi?
Kimyoviy trevoga.
- 50. Radiofaol modda qo‘llanilganda qanday buyruq beriladi?
Radiatsion xavf.
MA’NAVIY MA’RIFIY TAYYORGARLIK BO‘YICHA
- O‘zbekiston Respublikasi qanday boshqaruv shakliga ega?
Prezidentlik respublika
- O‘zbekiston Respublikasi Senatining a’zolari soni qancha?
65 nafar
- Qonunchilik palatasi deputatlari qancha muddatga saylanadi?
5 yil
- O‘zbekiston Respublikasida saylov yoshiga yetish necha yosh?
18 yosh
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rahbari kim?
Bosh vazir
- O‘zbekiston Respublikasi BMTga qachon a’zo bo‘lgan?
1992-yil
- O‘zbekiston Respublikasida nechta siyosiy partiya faoliyat yuritadi?
5 ta
- O‘zbekiston Respublikasining yangilangan tahrirdagi Konstitutsiyasida nechta modda mavjud?
155 ta
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzodning yoshi necha yoshdan kam bo‘lmasligi kerak?
35 yosh
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qancha muddatga saylanadi?
7 yil
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining birinchi bo‘limi nima deb nomlanadi?
Asosiy prinsiplar
- Harbiy qasamyod matnini kim tasdiqlaydi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
- "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" g‘oyasi kim tomonidan ilgari surilgan?
Sh.M.Mirziyoyev
- "Yangi O‘zbekiston" tushunchasi qachondan boshlab keng qo‘llanila boshlandi?
2017-yildan
- "Ma’naviyat" tushunchasining mazmuni nimani anglatadi?
Insonning ichki dunyosi, axloqiy qadriyatlar, ma’rifiy bilimlar
- Milliy qadriyatlar nima?
Urf-odatlar, an’analar, milliy madaniyat
- Harbiy xizmatchi uchun eng muhim fazilat qaysi?
Mardlik, vatanparvarlik, jasorat
- Buyuk ipak yo‘lining eng gullab-yashnagan davri qaysi?
VII-VIII asrlar
- "Avesto" kitobi qaysi din kitobi hisoblanadi?
Zardushtiylik
- Qaysi sulola davrida O‘rta Osiyoda birinchi marta kumush tangalar zarb qilina boshlangan?
Somoniylar
- Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi qachon qurilgan?
1424-1429 yillar
- Buxoro amirligining so‘nggi amiri kim?
Amir Olimxon
- "Boburnoma" asari qaysi tilda yozilgan?
O‘zbek tilida
- Qo‘qon xonligi qachon tashkil topgan?
1709-yil
- Xiva xonligining so‘nggi xoni kim bo‘lgan?
Sayid Abdullaxon
- Jadidchilik harakatining asoschisi kim?
Ismoil Gaspirali
- Amir Temur saltanatining poytaxti qaysi shahar bo‘lgan?
Samarqand
- Zahiriddin Muhammad Bobur qaysi yili Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solgan?
1526-yil
- "Ziji Ko‘ragoniy" asarining muallifi kim?
Mirzo Ulug‘bek
- Mahmudxo‘ja Behbudiyning mashhur dramasi qanday nomlanadi?
"Padarkush"
- Jadidlar maktablarida qaysi fanlar o‘qitilgan?
Diniy va dunyoviy fanlar
- "Yoshlar tarbiyasi" asarining muallifi kim?
Abdulla Avloniy
- "Temur tuzuklari"da davlat boshqaruvi necha tabaqa (toifaga) bo‘lingan?
12 tabaqa
- Amir Temur qo‘shinidagi eng kichik harbiy bo‘linma qanday nomlangan?
O‘nlik
- Amir Temur saltanatida oliy mansab nima deb atalgan?
Amir ul-umaro
- Qaysi yili Amir Temur To‘xtamishxonga qarshi yurish qilgan?
1391-yil
- Temur qo‘shinidagi eng katta harbiy bo‘linma qanday nomlangan?
Qo‘l
- "Temur tuzuklari"da elchilar qanday sifatlar bilan ta’riflangan?
Rostgo‘y va dono
- Amir Temur qanday tamg‘a (gerb) qo‘llagan?
Uch halqa
- “Temur tuzuklari” nimaga bag‘ishlangan?
Amir Temurning harbiy san’ati va uning davlat boshqaruvi uslublariga.
- O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlarini ayting?
Davlat gerbi, davlat madhiyasi, davlat bayrog‘i.
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qachon va kim tomonidan qabul qilingan?
O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sakkizinchi sessiyasida 1991 yil 8 noyabrda qabul qilingan.
- Jadidchilik harakati nima sababdan vujudga keldi?
Zo‘ravonlik, zulmga qarshi, xalq harakati.
- Yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda 2026 yil qanday nomlangan?
Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili.
- O‘zbekistonga chegaradosh davlatlarni ko‘rsating?
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston.
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati qanday bo‘linadi?
Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qanday davlat organi hisoblanadi?
Ijro etuvchi hokimiyat
- O‘zbekiston Respublikasida Milliy gvardiyasining shiori qaysi variantda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
Burch, sadoqat, jasorat.
- Qaysi javobda Alisher Navoiyning beshta dostondan iborat asari va ularning nomlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Hamsa dostoni: Farxod va Shirin, Layli va Majnun, Saddi-Iskandariy, Hayratul-Abror hamda Sabbai-Sayyor.
50. Yurtimizda ikkinchi Renessans davri qaysi asrlarni o‘z ichiga oladi?
XIV-XVI asrlarni.