Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Do‘konni o‘marishda gumon qilingan shaxslar zudlik bilan qo‘lga olindi

Joriy yilning 5 maydan 6 mayga o‘tar kechasi soat taxminan 03:20 larda Yakkasaroy tumani Usmon Nosir ko‘chasi bo‘ylab xizmat olib borayotgan “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlariga nomaʼlum shaxslar tamaki do‘konining oynasini sindirib, derazadan mol o‘g‘irlab ketganligi haqida xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng, voqea joyiga zudlik bilan “Qo‘riqlash” bo‘limining tezkor guruhi xodimlari yetib borgan. Gumonlanuvchilarning shaxsi do‘konga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yozuvi orqali aniqlanib, ular qo‘lga olingan. Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida huquqbuzarlar voyaga yetmagan S.A. va N.V. ekanligi maʼlum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilmoqda.

Text to speech