“Dolzarb 40 kunlik” loyihasi asosida Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan 1000 dan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.
“Dolzarb 40 kunlik” loyihasi asosida Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan 1000 dan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Bu kabi xayrli ishlar har bir harbiy xizmatchi va xodimning yashash xonadonida, mahallasida ham amalga oshirilmoqda. Albatta ushbu ezgu ishlar shaharlarimiz havosining tozaligiga va kislorodga boy atmosferaning paydo bo‘lishini taʼminlaydi. Bu esa o‘z navbatida yurtimiz aholisining sog‘lom turmush tarzida muhim ahamiyat kasb etadi.