Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

"Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida Toshkent "Temurbeklar maktabi"da Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar xodimlari hamkorligida profilaktik tadbir tashkillashtirildi.

Ayni kunlarda respublikamiz boʻylab "Yongʻin xavfsizligi oyligi" davom etmoqda. Poytaxtimizdagi mahalla fuqarolar yigʻinlari, tashkilotlar va muassasalarda keng targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Xususan, Toshkent "Temurbeklar maktabi"da Milliy gvardiya va Mirobod tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida yongʻin xavfsizligi oyligi doirasida tadbir tashkillashtirildi.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad isitish uskunalari va gaz moslamalaridan foydalanish qoidalari, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarni is gazidan zaharlanishi va boshqa noxush holatlarni oldini olishga qaratilgan.

Mirobod tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi masʼullari tomonidan yoshlarga qishning sovuq kunlarida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari va nimalarga eʼtibor qaratishlari lozimligi haqida tushunchalar berib oʻtildi.

Tadbir davomida Milliy gvardiya hamda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi mutaxassis-kinologlari oʻzlariga biriktirilgan xizmat itlari bilan birgalikda koʻrgazmali chiqishlar namoyish etishdi.

Text to speech