Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

18 noyabr - Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan, "Eng ilg‘or Faxriy qorovul vzvodi" musobaqasi o‘tkazildi

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kuch tuzulmalari o‘rtasida maxsus saf tayyorgarlik bo‘yicha “Eng ilg‘or faxriy qorovul vzvodi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Jamoat xavfsizligi universiteti tizimidagi harbiy xizmatchi va xodimlar, kursantlar hamda muddatli harbiy xizmatchilardan tashkil topgan 8 ta jamoa 3 shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Ushbu ko‘rik tanlovdan ko‘zlangan maqsad Qurolli Kuchlar tizimidagi faxriy qorovul shaxsiy tarkibining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, maxsus saf tayyorgarlikdan amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, ular orasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, shaxsiy tarkibning qurol bilan maxsus saf usullarini bajarishda o‘ziga nisbatan ishonchni oshirish bilan bir qatorda o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyilik va sadoqatni oshirishdan iborat.

Ushbu ko‘rik tanlov 2005 yildan buyon tor doirada, Milliy gvardiya tizimida o‘tkazib kelingan bo‘lib, bu yil ushbu tanlov yangi bosqichga olib chiqildi va kuch tuzulmalarining faxriy qorovul vzvodlari ham ishtirok etdi. Jamoalar qurol bilan maxsus saf usullarini bajarish, qurol bilan tantanali o‘tish, saf qo‘shig‘ini ijro etgan holda tantanali o‘tish shartlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini hakamlar hayʼati aʼzolari va tomoshabinlar eʼtiboriga havola etdilar. Jamoalarning chiqishlarini baholashda asosan ular tomonidan xavfsizlik qoidalariga amal qilish, shartlarga kreativlik va yangicha usullar bilan yondoshishlik, maxsus saf usullarini sinxronlik asosida hamjixatlik bilan bajarishlarini inobatga olgan holda baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra birinchi o‘rinni Milliy gvardiya jamoasi egallagan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin Mudofaa vazirligi jamoasiga, uchinchi o‘rin esa Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari jamoasiga nasib etdi va g‘olib hamda faol ishtirok etgan jamoalar diplom, esdalik hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Qurʼa tashlash natijalariga ko‘ra kuch tuzilmalari o‘rtasida o‘tkazilishi anʼanaga aylantirilishi ko‘zda tutilgan ushbu ko‘rik tanlovning navbatdagi mezboni etib Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti tanlandi.

Text to speech