“Eng yaxshi gʻoya”, “Eng yaxshi loyiha” hamda “Eng yaxshi ixtiro” yoʻnalishlari boʻyicha muhandislik sohasida respublika koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.
Mazkur tanlovga respublikaning turli hududlaridan jami 1055 ta ariza taqdim etildi va ularning barchasi texnik ekspertiza jarayonidan oʻtkazildi. Saralash bosqichi natijalariga koʻra, eng istiqbolli va innovatsion loyihalarga ega 135 nafar ishtirokchi tanlovning yakuniy bosqichiga yoʻllanma oldi.
Alohida eʼtiborga molik jihati shundaki, ilk bor oʻtkazilayotgan ushbu tanlovda Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi bosh ilmiy xodimi, mayor I.Alijonov oʻzining “Mobil radioaloqa vositalari uchun universal quvvatlash qurilmalari va universallar quvvatlanadigan quvvat manbai” nomli innovatsion gʻoyasi bilan munosib ishtirok etdi.
Tanlov natijalari yurtimiz Mustaqilligining 34 yillik bayrami arafasida eʼlon qilinadi.