Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

YОSHLAR BIZNING KELAJAGIMIZ, BOSHLAGAN EZGU ISHLARIMIZ DAVOMCHILARI

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani markazida yoshlar forumi o‘tkazildi.

Mazkur forum yoshlarning taklif va istaklarini o‘rganish, muammolarini hal etishga ko‘maklashish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash, uyushmagan yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish va ish bilan taʼminlash, yoshlarni madaniyat, sanʼat, kitobxonlik, axborot texnologiyalari to‘garaklari hamda sport va harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi tadbirlarga jalb etish maqsadini o‘zida mujassam etgan.

Forum avvalida yoshlarning vazirlik va tashkilotlardan ishtirok etayotgan mutasaddi rahbarlariga murojaat qilib soha bo‘yicha berilgan savol va takliflari yuzasidan shu yerning o‘zida ijobiy hal etilishi uchun masʼul xodimlarga   tegishli vazifalar belgilandi.

Tadbirning ikkinchi qismida, Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan qurol-aslahalar va jangovar chiqishlar namoyish etildi.

Bundan tashqari forumga kelgan yoshlar 15-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi o‘quvchilarining ijod namunalarini tomosha qilishgan bo‘lsa, ish izlab kelgan yosh yigit-qizlar bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida ishtirok ettilar.

Forum davomida mahalliy sanʼatkorlar tomonidan Vatanni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.

Text to speech