Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Yoshlar oyligi doirasida, Baxt shahrida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilarining Toshkent shahriga sayohati tashkillashtirildi

Iyun oyi davomida barcha hududlarda «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida «Yoshlar oyligi» tashkil etilmoqda. Oylik doirasida millionlab yoshlar qamrab olinib, ular ishtirokida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Milliy gvardiya tizimida ham ushbu oylik muddatli harbiy xizmatchilar, kursant va o‘quvchi yoshlar bilan ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda. Milliy gvardiyaga biriktirilgan Sirdaryo viloyati Baxt shahrida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilarining Toshkent shahriga uyushtirilgan sayohati ham “Yoshlar oyligi” doirasidagi tadbirlardan sanaladi. 60 nafar bolalar poytaxtga tashrifini “G‘ofur G‘ulom” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘idan boshlashdi. Ular bog‘dagi attraksionlarda maza qilib uchishib, bir olam zavqqa to‘lishdi. Bog‘ maʼmuriyati tomonidan ular uchun muzqaymoqlar ham ulashildi. Keyingi manzil poytaxtimizdagi yirik savdo komplekslaridan biri Toshkent City Mall ga bo‘ldi. Tarbiyalanuvchilar mazkur majmuaga tashrif buyurib, zamonaviy bunyodkorlik ishlaridan bahramand bo‘lishib, turli avtomobil modellarini tomosha qilishdi. Shundan so‘ng Jamoat xavfsizligi universitetiga yo‘l olindi. Universitetda ular bilan Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov va univesitet boshlig‘i polkovnik M.Rustambayevlar suhbatlashib, kelgusida yaxshi o‘qib, maktabni aʼlo baholarga tamomlagan yigitlarni oliy harbiy bilim yurtiga qabul qilinishi mumkinligi to‘g‘risida aytib o‘tishdi. Taʼlim muassasaga sayohat davomida yoshlar kursantlar tomonidan tayyorlangan faxriy qorovul bo‘linmasining qurol bilan ko‘rgazmali chiqishlari va qo‘l jangi usullari namoyishini tomosha qilishdi. Universitetdagi otxona, kinologiya xizmati markazi faoliyati bilan tanishishganidan so‘ng kursantlar oshxonasida harbiycha tushlik tanovul qilishdi. Kuning ikkinchi yarmida esa kursantlar yotoqxonasi, sport maydonchasi, o‘quv xonalari, kutubxona va amaliyot uchun qator mashg‘ulotlar maydonlari, universitet muzeylarini tomosha qilishdi. Albatta dam olish kunlarini

Text to speech