Эзгулик йўлидаги яна бир савобли ташаббус
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar Qon quyish markazida “Qon – bu hayot” shiori ostida “Men donor” aksiyasi o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisa tufayli qon almashtirishga muhtoj bemorlarga jon bag‘ishlash, ularning hayotga qaytishlariga yordam berish, og‘ir bemorlarning umidvor ko‘ngillariga malham bo‘lish hamda ularning sog‘ayib ketishlariga hissa qo‘shishdek xayrli ishga bel bog‘lagan Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari ham faol ishtirok etishdi.
Aksiya karantin qoidalari, sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya etilgan holda, ko‘ngillilar uchun zarur sharoit yaratilib tashkil etildi.
Harbiy xizmatchilarning faol ishtiroki hamda savobli ishda jonbozlik ko‘rsatganlari uchun markaz mutasaddilari o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Bu kabi tadbirlar respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda.