EZGULIK ALBATTA QAYTADI
Qon bu hayot. Donorlar bor ekan qanchadan-qancha bemor yurtdoshlarimiz dardlariga shifo topib hayotga qaytmoqdalar.
14 iyun – Butunjahon donorlar kuni munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab donorlik tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari ham mazkur tadbirda ishtirok etdi.
Qon topshirish insonning insonga hadya etgan eng oliy darajadagi sovg‘asidir. Shunday ekan, savob ishni amalga oshirishga kechikmaylik.
Tadbir yakunida harbiy jamoaga tashakkurnoma va sovg‘alar berildi.