SIRDARYO VILOYATIDA QOʻLGA TUSHGAN "SOXTA OVCHILAR"
Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamkorligida reyd tadbirlari oʻtkazilib,
Guliston shahar"Birlashgan" koʻchasida fuqarolar I.SH, J.SH va R.Nlar tomonidan hech qanday ruxsatnomasiz boʻri terisi deb it terisini hamda tish boʻlaklarini sotib yurgan holati aniqlandi.
Holat yuzasidan "Hayvonot dunyosini himoya qilish va undan oqilona foydalanish toʻgʻrisida"gi qonunga binoan tegishli chora qoʻllanildi.